U19 chempionati. Pley-off bosqichi 29-oktyabr kuni start oladi

15.10.2024U19 chempionati

U19 chempionati. Pley-off bosqichi 29-oktyabr kuni start oladi

21-oktyabr kuni U19 chempionatining hududiy bosqichi o‘z yakuniga yetadi. Ayni vaqtda Sharq va Gʻarb zonasida jami 22 jamoa kurashni davom ettirmoqda. 


Reglamentga ko‘ra har ikki zonaning eng yaxshi 4 tadan jamoasi pley-off bosqichiga yo‘llanma oladi hamda musobaqa g‘olibligi uchun kurashni davom ettiradi. Pley-off markazlashgan musobaqa shaklida o‘tkaziladi va u jami 8 ta uchrashuvdan iborat bo‘ladi. Avvaliga sharqiy va g‘arbiy mintaqa yetakchilari o‘zaro ¼ final bosqichida kuch sinashsa, keyinroq g‘oliblar ½ final chiptasiga ega chiqadi. Shuningdek, 3-o‘rin uchun bellashuv hamda final o‘yini o‘tkaziladi. 


Liga pley-off bellashuvlarini 29-oktyabr — 2-noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazadi. Musobaqa bilan bog‘liq barcha yangiliklar sayt hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali yoritib boriladi.

U19 chempionati. Pley-off bosqichi 29-oktyabr kuni start oladi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar