U19 Chempionati. Pley-off bahslari Liga ko‘chma televizion stansiyasi yordamida to‘liq jonli efirda namoyish etiladi

11.11.2025U19 chempionati

U19 Chempionati. Pley-off bahslari Liga ko‘chma televizion stansiyasi yordamida to‘liq jonli efirda namoyish etiladi



O‘zbekiston U19 chempionati uchrashuvlari 11-noyabrdan Jar stadionida o‘tkazilishi xabar qilingandi. 


Futbol jamoatchiligi va muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida, mazkur bellashuvlar Ligaga qarashli, bugungi kunda vodiyda o‘tkazilayotgan Superliga uchrashuvlarini yuqori sifatda televideniyega translyatsiya qilib kelayotgan zamonaviy ko‘chma televizion stansiya vositasida jonli efirda Liganing YouTube'dagi rasmiy sahifasi orqali namoyish etiladi. 


10:30'da boshlanadigan Paxtakor va Sho‘rtan jamoalari bahsini Muhammadali Muhammadkarimov sharhlab borsa, 14:30'da start oluvchi Surxon — Bunyodkor bellashuvini Orif Tolipov sharhlaydi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar