
O‘zbekiston U19 Chempionatida mavsumning birinchi qismi yakunlandi. Unga ko‘ra, o‘z mintaqasida kuchli to‘rtlikdan o‘rin olishga erishgan 8 ta klub musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.
Superliga va Proliga reglamentining 6.7-bandida U19 chempionatining mintaqaviy bosqichi yakuniga ko‘ra, jamoalar egallagan o‘rnidan kelib chiqib qaysi raqiblarga duch kelishi xususida so‘z boradi. Mazkur bandga binoan jamoalarning pley-off to‘ridagi joylashuvlari belgilab chiqildi.
11-noyabr sanasidan start oladigan mamlakatimiz futboli istiqbollarining kurash maydoni sifatida Jar stadionining zaxira maydoni tanlab olindi. 17-noyabrda o‘tkaziladigan final bellashuvi Jar stadionining asosiy maydonida o‘tkaziladi.
