
U19 Chempionatida mavsum o‘z nihoyasiga yetdi. Hal qiluvchi bellashuvda Paxtakor hamda Bunyodkor jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Odil Ahmedov akademiyasida o‘tgan bellashuv sherlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Shu tariqa, Paxtakor U19 Chempionati g‘olibiga aylandi. Finalda imkoniyatni boy bergan Bunyodkor esa kumush medallarga ega chiqdi.
PAXTAKOR 2:1 BUNYODKOR

