U19 Chempionati. Bugun yangi mavsumga qur’a tashlandi
07.04.2025U19 chempionati

Bugun – 7-aprel kuni soat 17:00 da U19 Chempionatining yangi mavsumiga qur’a tashlanadi. Musobaqa Superliga va Proliga jamoalaring U19 tarkibi ishtirokida o‘tgan yili bo‘lgani singari ikki mintaqada (Sharq va Gʻarb) tashkil etiladi.


Mintaqaviy bosqich davomida jamoalar o‘zi joy olgan mintaqaning qolgan jamoalariga qarshi uy-safar o‘yinida ishtirok etadi. Mintaqaviy bosqich yakuniga ko‘ra har bir mintaqaning eng yaxshi to‘rttadan jamoasi markazlashgan holda o‘tkaziladigan pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

