Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari

14.04.2026PFLSuperligaU21 chempionati

Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari

Joriy yilning 10-aprel sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur sanagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida O‘zbekiston Superligasi hamda U21 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi. 

Superliga

Mash’al - Bunyodkor

Superliga 6-turi doirasidagi Mash’al – Bunyodkor uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 67-daqiqasida Mash’al futbol klubi futbolchisi Humoyun Murtozayev o‘yin to‘xtagan vaqtda raqib jamoa futbolchisining qorin qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan Mash’al futbol klubi futbolchisi Humoyun Murtozayevga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanilsin.

 

Nasaf – Andijon

Superliga 5-turi doirasidagi Nasaf – Andijon uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuv davomida Nasaf jamoasi vakili Alisher Turdiqulov uchrashuv rasmiylari, jumladan, uchrashuv komissari va koordinatoriga o‘ta qo‘pol muomilada bo‘lganligi, haqoratli so‘zlarni ishlatgani hamda uchrashuv komissari ogohlantirishlariga qaramay bu ishni davom ettirgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan Nasaf futbol klubi vakili Alisher Turdiqulovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

 

Navbahor – Mash’al

Superliga 5-turi doirasidagi Navbahor – Mash’al uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, Navbahor futbol klubi mezbonligida o‘tgan bahsda uchrashuvni tashkil qilishda ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qoyilgani, jumladan, uchrashuv Countdowniga asosan uchrashuvga 30 daqiqa qolganda jamoalar tarkiblari e’lon qilinishi va ekranda ko‘rsatilishi talab etilganiga qaramay, tarkib ekranda namoyish qilinmagani, uchrashuv mobaynida zaxira almashtirishlari va uchrashuv qaydlari stadion ekranida namoyish etilmagani, Superliga Reglamentining 14.18-bandiga asosan uchrashuv video yozuvini Ligaga taqdim etishi shart bo‘lsa-da, Navbahor futbol klubi uchrashuv video yozuvini taqdim qilmagani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 73 hamda 76-moddalariga asosan Navbahor futbol klubiga jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

Superliga 5-turi doirasidagi Navbahor – Mash’al uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 52-daqiqasida Mash’al futbol klubi futbolchisi Muhammadali Aliqulov hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Mash’al futbol klubi futbolchisi Muhammadali Aliqulovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

 

Dinamo – So‘g‘diyona

Superliga 6-turi doirasidagi Dinamo – So‘g‘diyona uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra Dinamo jamoasiga mavsum avvalida Liga tomonidan Ballkid, maydon mutaxassislari va zanbil ko‘taruvchilar uchun maxsus nimchalar taqdim etilgan bo‘lsa-da, Dinamo jamosi mezbonligida o‘tgan bahsda zanbil ko‘taruvchilarning maxsus nimchalari bo‘lmagani tufayli ballkid – to‘p uzatib beruvchi bolalar zanbil ko‘taruvchi sifatida maydonga chiqishgani, uchrashuv komissariga zanbil ko‘taruvchilarning maxsus nimchalari yo‘qolgani aytilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 73-moddasiga asosan Dinamo futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Superliga 6-turi doirasidagi Dinamo – So‘g‘diyona uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 90+2-daqiqasida Dinamo futbol klubi futbolchisi Jaloliddin Jumaboyev o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Dinamo futbol klubi futbolchisi Jaloliddin Jumaboyevga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

 

Andijon - Navbahor

Superliga 6-turi doirasidagi Andijon – Navbahor uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 20-daqiqasidan boshlab Andijon jamoasi bosh murabbiyi — Samvel Babayan uchrashuv hakamlariga e’tiroz bildira boshlagani, bosh hakamga qarata koptok uloqtirgani, maydonga bir necha bor tushib, hakamlarga keskin e’tiroz bildirgani, haqorat qilgani, uchrashuv hakamlari Samvel Babayanni va jamoa murabbiylar shtabini tinchlantirishga qaramay, bu samara bermagani, futbolchi va murabbiylar o‘rtasida janjal kelib chiqqani, birinchi bo’lim yakunlanganidan so‘ng kiyinish xonasiga qadar Samvel Babayan hakamlarga e’tirozini bildirib borgani kabi holatlar aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 57, 61 hamda 63-moddalariga asosan Andijon futbol klubi bosh murabbiyi Samvel Babayanga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Superliga 6-turi doirasidagi Andijon – Navbahor uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 55-daqiqasida Andijon futbol klubi murabbiyi Samvel Babayan hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Murabbiy Samvel Babayanning hakam qaroriga e’tirozi uchun Andijon futbol klubiga ogohlantirish berilsin. 

        Bu kabi holat “Andijon” futbol klubi futbolchilari yoki rasmiy vakillari tomonidan takroran sodir etilgan taqdirda, tegishli shaxsga nisbatan O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

Superliga 6-turi doirasidagi Andijon – Navbahor uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, Superliga Reglamentining 15.30-bandiga asosan, Navbahor lochinlari futbol klubi vakili Abdurauf G‘ulomov uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan bo‘lsada, zaxira o‘rindig‘iga o‘tirib olgani va uchrashuv komissari tomonidan texnik hududdan chiqarib yuborilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 60-moddasiga asosan Navbahor lochinlari futbol klubi vakili Abdurauf G‘ulomovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin. Mazkur holat Abdurauf G‘ulomov tomonidan takroran sodir etilayotgani uchun unga O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan taqdim etilgan litsenziya qaytarib olinsin.

 

So‘g‘diyona – Qo‘qon-1912

Superliga 5-turi doirasidagi So‘g‘diyona – Qo‘qon-1912 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 70-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbol klubi futbolchisi Shoxrux Isoqov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan So‘g‘diyona futbol klubi futbolchisi Shoxrux Isoqovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Superliga 5-turi doirasidagi So‘g‘diyona – Qo‘qon-1912 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 81-daqiqasida So‘g‘diyona futbol klubi futbolchisi Zoir Jo‘raboyev o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan So‘g‘diyona futbol klubi futbolchisi Zoir Jo‘raboyevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Superliga 5-turi doirasidagi So‘g‘diyona – Qo‘qon-1912 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 86-daqiqasida So‘g‘diyona futbol klubi futbolchisi Oybek Nurmatov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan So‘g‘diyona futbol klubi futbolchisi Oybek Nurmatovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi So‘g‘diyona – Qo‘qon-1912 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 90+1-daqiqasida Qo‘qon-1912 futbol klubi futbolchisi Shohrux Gadoyev hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Qo‘qon-1912” futbol klubi futbolchisi Shohrux Gadoyevga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

 

Xorazm – Dinamo

Superliga 5-turi doirasidagi Xorazm – Dinamo uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida Xorazm futbol klubi futbolchisi Nikola Stoshich o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Xorazm futbol klubi futbolchisi Nikola Stoshichga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

 

Surxon – Buxoro

Superliga 5-turi doirasidagi Surxon – Buxoro uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 56-daqiqasida Surxon futbol klubi futbolchisi Davron Merganov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Surxon futbol klubi futbolchisi Davron Merganovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

 

Mash’al – Bunyodkor

Superliga 6-turi doirasidagi Mash’al – Bunyodkor uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 90+3-daqiqasida Mash’al futbol klubi futbolchisi Vlatko Stojanovski hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Mash’al futbol klubi futbolchisi Vlatko Stojanovskiga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

 

OKMK – Surxon

Superliga 6-turi doirasidagi OKMK – Surxon uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 70-daqiqasida Surxon futbol klubi futbolchisi Dostonbek Tursunov simulyatsiya ishlatgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

 

Neftchi - Paxtakor

Superliga 6-turi doirasidagi Neftchi – Paxtakor uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 60-daqiqasida Paxtakor futbol klubi futbolchisi Rustam Turdimurodov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Rustam Turdimurodovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

Superliga 6-turi doirasidagi Neftchi – Paxtakor uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 78-daqiqasida Paxtakor futbol klubi futbolchisi Sanjar Quvvatov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Paxtakor futbol klubi futbolchisi Sanjar Quvvatovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

Superliga 6-turi doirasidagi Neftchi – Paxtakor uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 90+5-daqiqasida Paxtakor futbol klubi futbolchisi Bashar Resan o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Paxtakor futbol klubi futbolchisi Bashar Resanga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

 

 

U-21 chempionati

OKMK U21 – Surxon U21

U21 chempionatining 6-turi doirasidagi OKMK U21 – Surxon U21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 76-daqiqasida OKMK U21 jamoasi futbolchisi Asrorbek Otaxonov to‘psiz vaziyatda raqib jamoa futbolchisining ko‘krak qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan OKMK futbol klubi futbolchisi Asrorbek Otaxonovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanilsin.

 

Neftchi – Paxtakor hamda Qo‘qon-1912 – Nasaf o‘yinlarida yuzaga kelgan vaziyatlar ayni damda Liga qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan batafsil o‘rganilmoqda va bu borada ma‘lumot taqdim etiladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar