Surxon arenada alohida VAR xona tashkil etiladi

05.09.2024SuperligaKlublar

Surxon arenada alohida VAR xona tashkil etiladi

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Superliga uchrashuvlarida foydalanib kelayotgan VAR texnikasi yuk tashish uchun mo‘ljallangan mashinalarga joylashtirilgan bo‘lib, ular uchrashuv kuni stadionga yetib keladi. Surxon arena foydalanishga topshirilsa, masofa uzoqligidan kelib chiqib, bu borada muammolar yuzaga kelishi mumkin. 


Shundan kelib chiqib, Assotsiatsiya, Liga, Markaz hamda Surxon o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilgan bo‘lib, uning yordamida Surxon arenaning o‘zida alohida VAR xonasi tashkil etiladi va stadion uchun alohida texnika xarid qilinadi. Ayni vaqtda Assotsiatsiya hamda Markaz yangi texnikani O‘zbekistonga olib kelish ustida ishlamoqda.

Surxon arenada alohida VAR xona tashkil etiladi
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda