
Superligada 2-tur yakunlandi. Turning so‘nggi bahsi Urganchda kechdi.
Unda Xorazm jamoasi o‘z maydonida Olmaliqning OKMK klubini qabul qildi. Xorazm sport majmuasida kechgan bellashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Yagona golga Diyorbek Ortiqboyev mualliflik qildi.