Superliga. Xorazm 15 yildan so‘ng o‘z uyiga qaytdi

20.08.2025Superliga

Superliga. Xorazm 15 yildan so‘ng o‘z uyiga qaytdi

Superligada 19-tur o‘yinlari yakunlandi. Turning so‘nggi bahsi Urganch shahrida kechdi.

Unda Xorazm jamoasi Navoiyning Qizilqum klubini qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yagona golga Shahzod Rahmatullayev mualliflik qildi.

Qayd etish joiz, Xorazm uchun mazkur bahs 15 yildan so‘ng Superliga doirasida o‘z maydonidagi dastlabkisi bo‘ldi.

XORAZM 0:1 QIZILQUM

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar