Superliga. Vodiy derbisida Neftchi safarda Navbahordan ustun keldi
15.08.2025Superliga

Superligada 19-tur o‘yinlari davom ettirildi. Navbahor jamoasi bu tur o‘z maydonida Neftchi klubini qabul qildi.
Namangandagi Markaziy stadionda kechgan bellashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Yagona golga Ikromjon Aliboyev mualliflik qildi.