Superliga va Proliga klublari xavfsizlik ofitserlari uchun seminar tashkil etildi
27.02.2025ProligaPFLSuperliga

Liga yangi mavsum oldidan Superliga va Proliga klublarining xavfsizlik ofitserlari uchun seminar o‘tkazdi. Unda Ichki ishlar vazirligining Jamoat tartibini saqlash xizmati bo‘lim boshlig‘i Farhodjon Shermatov hamda Milliy gvardiyaning Ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Qosimov ham ishtirok etdi.
Ichki ishlar organi va Milliy gvardiya vakillari seminar qatnashchilariga futbol uchrashuvida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berishdi, shu bilan birga, yangi mavsum oldidan umumiy rejalar muhokama qilindi.
Seminarda FIFA hamda OFK komissari Kemel Tokabayev nutq so‘zladi. Tajribali mutaxassis uchrashuv tashkilotchiligi, xavfsizlik va boshqa masalalar bo‘yicha seminar ishtirokchilariga tegishli maslahatlar berdi va o‘z ish faoliyatida uchragan turli holatlar bilan o‘rtoqlashdi. Yig‘ilish yakunida Liga rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda taqvim, komissarlarning stadionlardagi faoliyati va bunda jamoat tartibini saqlash uchun mas’ul organlar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.


