Superliga. Surxon Termizda So‘g‘diyonadan ustun keldi
16.05.2025Superliga

Superligada 10-tur o‘yinlari start oldi. Turning dastlabki uchrashuvi Termizda kechdi.
Unda Surxon jamoasi Jizzaxning So‘g‘diyona klubini qabul qildi. Surxon arenada kechgan bellashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi.
Dmitriy Pletnyov hamda Muhammadali Abdurahmonovning gollariga mehmonlar tarkibida Exsoni Panshanbe bir bor javob qaytardi.