Superliga. Surxon o‘z maydonida Dinamoga mag‘lub bo‘ldi
05.10.2025Superliga

Superligada 24-tur o‘yinlari davom ettirildi. Termizning Surxon klubi bu tur o‘z maydonida Samarqandning Dinamo jamoasini qabul qildi.
Surxon arenada kechgan bellashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakun topdi. Gollarga Firdavs Abdurahmonov hamda Jahongir Abdusalomov mualliflik qildi.