Superliga stadionlarini mavsumga tayyorlash boshlandi

10.02.2025Superliga

Superliga stadionlarini mavsumga tayyorlash boshlandi


Avvalroq Superliga talabiga javob beruvchi stadionlar Liga ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, shu asosda musobaqaning yangi mavsumiga qur’a tashlangandi.


8-fevral kuni Liga mutaxassislari Bunyodkor va Jar stadionlarini ko‘zdan kechirdi. 10-fevral kuni esa ular Do‘stlik hamda OKMK sport majmuasidagi holat bilan tanishdi. 


Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Qo‘qon, Navoiy, Buxoro, Nukus shaharlaridagi stadionlarda ta’mirlash ishlari davom etayotgan bo‘lib, mazkur stadionlar talab darajasidagi holatga kelgach, ularda to‘p suradigan klublar stadionni qabul qilib olish yuzasidan Ligaga ariza topshiradi.

Superliga stadionlarini mavsumga tayyorlash boshlandiSuperliga stadionlarini mavsumga tayyorlash boshlandiSuperliga stadionlarini mavsumga tayyorlash boshlandiSuperliga stadionlarini mavsumga tayyorlash boshlandiSuperliga stadionlarini mavsumga tayyorlash boshlandi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar