Superliga so‘nggi turi va pley-off sanalari masalasi
04.11.2025Superliga

Superliga 30-tur uchrashuvlari uchun sana belgilashda Liga quyidagi omillarni hisobga olishi lozim:
• Andijon klubining 26-noyabr kuni xalqaro musobaqa doirasida maydonga tushishi;
• 30-turda maksimum 4 ta uchrashuvda VAR texnikasidan foydalanish imkoniyati mavjudligi;
• 8 ta uchrashuv bir vaqtda start olsa, ularning barchasini teletranslyasiya qilish imkoniyati cheklanganligi.
Musobaqa o‘zining qizg‘in pallasiga kirib borayotganidan kelib chiqib, barcha uchrashuvlar sanasini hozirning o‘zidayoq e’lon qilish murakkab. Boisi, so‘nggi turda parallel o‘yinlar natijasiga bog‘liq bo‘lmagan bir yoki bir nechta uchrashuvni ajratib olish Ligaga nisbatan yengillik yaratishi mumkin. Biroq 8 ta uchrashuvdan aynan qay biri bunday maqomda bo‘lishi hozircha ma’lum emas.
“Superliga va Proliga reglamenti”dan kelib chiqib, Liga uchrashuvgacha eng kamida 20 kun vaqt qolguniga qadar uning joyi hamda sanasiga oydinlik kiritishi lozim. Mazkur band klublar yo‘l chiptalari hamda mehmonxonalarga buyurtma berishga ulgurishini hisobga olgan holda kiritilgan. So‘nggi turga e’tibor qaratilsa, ikki bellashuv bu borada nisbatan noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin. Shundan kelib chiqib, Liga ayrim masalalarga oydinlik kiritishni lozim deb topdi.
Har qanday holatda ham 30-turning asosiy uchrashuvlari 30-noyabr — yakshanba kuni o‘tkaziladi va bunda uchrashuvlar 15:00 da start oladi. Shundan kelib chiqib, “Neftchi” hamda “Surxon” klublari uzoq safar uchun yo‘l chiptalarini xarid qilishda mazkur sanani inobatga olishlari mumkin:
Superliga
30-tur
30-noyabr, yakshanba
Xorazm — Neftchi
Buxoro — Surxon
Qolgan 6 uchrashuv mehmonlarida raqib maydoniga poyezd yoki samolyotsiz yetib olish imkoniyati nisbatan ko‘proq. Liga ulardan vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda 30-tur uchrashuvi rejasini ishlab chiqayotganda mazkur holatni inobatga olishni so‘radi. Har qanday holatda 30-turda yuqoridagi ikki uchrashuv natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan uchrashuvlar bir vaqtda start olishi ta’minlanadi.
Yana bir necha kun ichida yuqorida qayd etilgani bo‘yicha parallel o‘yinlarga ta’sir ko‘rsatmaydigan biror uchrashuv ajralib chiqsa, Liga o‘sha uchrashuvni 29-noyabr kuni tashkil etish masalasini ilgari surishi mumkin. Bunda uchrashuv davomida VAR texnikasidan foydalanish va uni teletranslyatsiya qilish imkoniyati ortadi. Bu bilan 8 ta uchrashuvning nisbatan ko‘prog‘ida mazkur masala qamrab olinishi mumkin bo‘ladi.
ga olishi lozim.

Shuningdek, Superliga mavsumini 12, 13, 14 hamda 15-o‘rinda yakunlaydigan jamoalar pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi. Uning birinchi bosqichi reglamentda belgilab qo‘yilgani kabi 12 hamda 13-o‘rindan joy olgan klublar maydonida bo‘lib o‘tadi. Quyida pley-off o‘yinlari sanalari keltirib o‘tilgan:
Pley-off
I bosqich
5-dekabr, juma
Superliga 12 — Superliga 15
Superliga 13 — Superliga 14
Pley-off
II bosqich
10-dekabr, chorshanba
Pley-off
III bosqich
14-dekabr, yakshanba
Klublar Superligani 15-o‘rinda yakunlagan jamoa pley-offning barcha o‘yinlarini safardan o‘tkazishini inobat

