
Superligada 5-tur o‘yinlari start oldi. So‘g‘diyona jamoasi bu tur Qo‘qon-1912 klubini qabul qildi.
Do‘stlik stadionida kechgan bellashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan nihoyasiga yetdi. Feysal Mulich hamda Lyupcho Doriyevning gollariga mehmonlar tarkibida Shohruh Gadoyev va Shota Gvazava javob qaytardi.