Superliga. So‘g‘diyona Mash’al’dan ustun keldi
10.08.2025Superliga

Superligada 18-tur o‘yinlari start oldi. Turning ilk uchrashuvi Jizzaxda kechdi.
Unda So‘g‘diyona jamoasi o‘z maydonida Mash’al klubini qabul qildi. So‘g‘diyona markaziy stadionida kechgan bellashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Gollarga Javohir Qahramonov hamda Rubin Hebay mualliflik qildi.