Superliga. So‘g‘diyona Jizzaxda Qo‘qon-1912’ni yengdi
04.07.2025Superliga

Superligada 15-tur o‘yinlari davom ettirildi. So‘g‘diyona jamoasi bu tur o‘z maydonida Qo‘qon 1912 klubini qabul qildi.
Jizzaxdagi markaziy stadionda kechgan bellashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Lyupcho Doriyevning ikki goliga mehmonlar tarkibida Muhammadanas Hasanov bir bor javob qaytardi.