Superliga. Sho‘rtan o‘z maydonida Surxon jamoasini yengdi
22.06.2025Superliga

Superligada 13-tur o‘yinlari davom ettirildi. Gʻuzorning Sho‘rtan klubi bu tur o‘z maydonida Surxon jamoasini qabul qildi.
Markaziy stadionda kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Humoyun Sherbo‘tayevning yagona goliga gazchilar g‘uzorliklar tarkibida Gʻanisher Qodirov hamda Abror Toshqo‘ziyev javob qaytardi.