Superliga. Poytaxt derbisida kuchlar teng keldi
14.06.2025Superliga

Superligada 12-tur o‘yinlari davom ettirildi. Bunyodkor jamoasi bu tur o‘z maydonida Paxtakorni qabul qildi.
Bunyodkor stadionida kechgan poytaxt derbisi 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi. Temurxo‘ja Abduxoliqov 24-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqada Igor Sergeyev muvozanatni tikladi.