Superliga. Paxtakor Qo‘qon-1912 klubidan ustun keldi
22.06.2025Superliga

Superligada 13-tur o‘yinlari davom ettirildi. Toshkentning Paxtakor jamoasi bu tur o‘z maydonida Qo‘qon-1912 klubini qabul qildi.
Jar stadionida kechgan bellashuv poytaxtliklarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Gollarga Diyor Xolmatov hamda Brayan Riaskos mualliflik qildi.