
Superligada yangi mavsum start oldi. Paxtakor jamoasi o‘z maydonida Navoiyning Qizilqum klubini qabul qildi.
Poytaxtdagi Paxtakor stadionida kechgan bellashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Gollarga Dostonbek Hamdamov va Pyotr Parjishak mualliflik qildi.