Superliga. OKMK Toshkentda Paxtakordan ustun keldi
05.08.2025Superliga

Superligada 17-tur bahslari start oldi. Toshkentning Paxtakor jamoasi bu tur o‘z maydonida Olmaliqning OKMK klubini qabul qildi.
Jar stadionida kechgan bellashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Ruben Sanchesning ikki goliga sherlar safida Igor Sergeyev bir bor javob qaytardi.