Superliga. OKMK safarda Andijon’ni mag‘lub etdi

12.04.2026Superliga

Superliga. OKMK safarda Andijon’ni mag‘lub etdi

Superligada 7-tur o‘yinlari start oldi. Andijon klubi bu tur o‘z maydonida Olmaliqning OKMK klubini qabul qildi.

Bobur arenadagi bahs mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Nodirbek Abdurazzoqov hamda Urosh Koyichning gollariga mezbonlar tarkibida Ibrohim Yo‘ldoshev bir bor javob qaytardi.

ANDIJON 1:2 OKMK

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar