Superliga. OKMK Qo‘qonda kambek amalga oshirdi

10.05.2025Superliga

Superliga. OKMK Qo‘qonda kambek amalga oshirdi

Superligada 9-tur o‘yinlari davom ettirildi. Qo‘qon 1912 klubi bu tur o‘z maydonida Olmaliqning OKMK jamoasini qabul qildi.

Qo‘qondagi Markaziy stadionda kechgan uchrashuv mehmonlarning 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. 39-daqiqada Avazbek O‘lmasaliyev o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va Qo‘qon 1912 hisobda oldinga chiqib oldi.

73-daqiqada uning o‘zi hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi. 81 hamda 87-daqiqalarda esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Asadbek Sobirjonov olmaliqliklarga g‘alaba keltirdi.

QO‘QON-1912 1:3 OKMK

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar