Superliga. OKMK markaziy uchrashuvda Neftchi bilan durang o‘ynadi
19.05.2025Superliga

Superligada 10-tur yakunlandi. Turning so‘nggi bahsi Olmaliqda kechdi.
OKMK jamoasi bu tur o‘z maydonida Farg‘onaning Neftchi klubini qabul qildi. Gollarga boy o‘tgan bellashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan nihosiga yetdi.