Superliga. Neftchi Vodiy derbisida Andijondan ustun keldi
09.05.2025Superliga

Superligada 9-tur bahslari start oldi. Turning ilk uchrashuvi Andijonda kechdi.
Unda mahalliy Andijon klubi Farg‘onaning Neftchi jamoasini qabul qildi. Bobur arenada kechgan bellashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Gollarga Sayfiyev hamda Iskanderov mualliflik qildi.