Superliga. Neftchi derbida Andijondan ustun keldi
05.10.2025Superliga

Superligada 24-tur o‘yinlari davom ettirildi. Farg‘onaning Neftchi klubi bu tur o‘z maydonida Andijon jamoasini qabul qildi.
Istiqlol stadionida kechgan bellashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Gollarga Abrorbek Ismoilov hamda Joyel Kojo mualliflik qildi.