Superliga. Navbahor Buxoro darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi
27.04.2025Superliga

Superligada 7-tur o‘yinlari davom ettirildi. Navbahor jamoasi bu tur o‘z maydonida Buxoro klubini qabul qildi.
Namangandagi Markaziy stadionda kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Gollarga Abbos Gʻulomov, Saidazamat Mirsaidov hamda Gilerme Gedesh mualliflik qildi.