Superliga. Nasaf Termizda Surxonni mag‘lub etdi
23.08.2025Superliga

Superligada 20-tur o‘yinlari davom ettirildi. Qarshining Nasaf jamoasi bu tur safarda Surxon klubi bilan kuch sinashdi.
Termizdagi Surxon arenada kechgan bellashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Husayn Norchayevning ikki goliga maydon egalari tarkibida Rustam Turdimurodov bir bor javob qaytardi.