Superliga. Nasaf safarda Qo‘qon 1912 dan ustun keldi
17.05.2025Superliga

Superligada 10-tur bahslari start oldi. Qo‘qon 1912 klubi bu tur o‘z maydonida Qarshining Nasaf jamoasini qabul qildi.
Qo‘qondagi Markaziy stadionda kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Gollarga Stefan Cholovich hamda Husayn Norchayev mualliflik qildi.