Superliga. Nasaf Qizilqumni yirik hisobda mag‘lub etdi
27.04.2025Superliga

Superligada 7-tur o‘yinlari davom ettirildi. Nasaf jamoasi bu tur o‘z maydonida Qizilqum klubini qabul qildi.
Qarshidagi Markaziy stadionda kechgan uchrashuv mezbonlarning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Gollarga Murodbek Rahmatov, Husayn Norchayev, Oybek Bozorov hamda Rubin Hebay mualliflik qildi.