Superliga. Nasaf Andijonda ochko yo‘qotdi, Dinamo esa Mash’aldan ustun keldi
15.03.2025Superliga

Superligada 2-tur o‘yinlari davom ettirildi. Amaldagi chempion Nasaf bu tur Andijon mehmoni bo‘ldi. Bobur arenada kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi. Oleg Zoteyevning goliga mehmonlar tarkibida Suhrob Nurulloyev javob qaytardi.
Samarqandning Dinamosi esa o‘z maydonida Muborakning Mash’alidan ustun keldi. 45-daqiqada Mirjahon Mirahmadov Anvarjon Hojimirzayevning uzatmasini golga aylantirdi. Mazkur gol Vadim Abramov shogirdlariga 3 ochko va mavsumdagi dastlabki g‘alabani keltirdi.