Superliga. Mash’al — So‘g‘diyona o‘yini Jizzaxda o‘tkaziladi
13.03.2025Superliga

Muborak klubi o‘zining uy uchrashuvlarini OKMK stadionida o‘tkazishi lozim. Bunda klub stadiondan ijara asosida foydalanadi.
Tabiiyki, o‘z maydonida to‘p surmayotgan jamoa uchun rasmiy uchrashuv tashkilotchiligi ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. Shuni inobatga olgan holda Mash’al o‘z tashabbusi bilan So‘g‘diyona klubiga taklif bilan chiqdi va 3-tur doirasidagi o‘yinni Jizzaxga ko‘chirishni Ligadan so‘radi.
Har ikki tomon o‘zaro kelishib olgani inobatga olinib, Superliga 3-turidan joy olgan Mash’al — So‘g‘diyona bellashuvi Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi.