
Superligada 2-tur o‘yinlari davom ettirildi. Muborakning Mash’al klubi bu tur Toshkentning Lokomotiv jamoasini qabul qildi.
Gʻuzordagi markaziy stadionda kechgan bellashuv temiryo‘lchilarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Gollarga Anzur Ismoilov hamda Quvonchbek Abrayev mualliflik qildi.