
Bir yillik tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytgan Lokomotiv klubi mavsumni g‘alaba bilan boshladi. Jamoa dastlabki turda Surxon klubini qabul qildi.
Uchrashuv 3:1 hisobida temiryo‘lchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarga g‘oliblardan Muhammadali Reimov, Quvonchbek Abrayev va Lazizbek Mirzayev mualliflik qildi. Surxonning yagona javob goli esa Chinedu Stephan hisobiga yozildi.