Superliga. Legionerlarning gollari OKMKga Buxoro ustidan g‘alaba keltirdi
01.08.2025Superliga

Superligada ikkinchi davra bahslari start oldi. Buxoro jamoasi bu tur OKMK klubini qabul qildi.
Qarshidagi Markaziy stadionda kechgan bellashuv olmaliqliklarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakun topdi. Gollarga Senaga hamda Ruben Sanches mualliflik qildi.