Superliga legionerlari terma jamoalarda
12.09.2024SuperligaXalqaro maydon
FIFA kunlari doirasida Superliga jamoalarida to‘p tepuvchi legionerlar o‘z terma jamoalari safida maydonga tushdi.
Vladimir Yovovich (So‘g‘diyona) Chernogoriya terma jamoasi safida Millatlar ligasi doirasida Islandiya hamda Uelsga qarshi bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Nasaf futbolchisi Valentino Yuel esa Janubiy Sudan tarkibida Afrika Millatlar kubogi saralashi doirasida JAR bilan bellashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shuningdek, Joel Kojo JCH 2026 saralash bosqichida O‘zbekistonga qarshi kechgan uchrashuvda O‘tkir Yusupovni dog‘da qoldirdi.
Metallurg a’zosi Daler Sharipov esa Tojikiston terma jamoasi tarkibida debyut qildi.