Superliga klubi mezbon maqomidagi o‘yinlarida tasdiqlangan libosda maydonga tushadi

08.03.2025Superliga

Superliga klubi mezbon maqomidagi o‘yinlarida tasdiqlangan libosda maydonga tushadi

Superliga klubi mezbon maqomidagi o‘yinlarida tasdiqlangan libosda maydonga tushadi 


“Superliga va Proliga reglamenti”ning 17.13-bandida klubdan har qanday rasmiy uchrashuvda faqatgina mavsum uchun tanlangan uy libosida maydonga tushishi talab etilishi ko‘rsatib o‘tilgan. 


Superliga klublari 2025-yilgi mavsum uchun uy libosini Ligaga taqdim etgan bo‘lib, endi ular o‘z muxlislari qarshisida faqatgina shu liboslardan foydalanadi. Safarda harakat qilayotgan jamoa libosi shundan kelib chiqqan holda belgilanadi. 


Avvalgi mavsumlarda ham klublar uy libosini belgilab olgan, biroq doim ham qoidaga amal qilmagan. Ayrim murabbiylarning irimchiligi va boshqa asossiz holatlarga ko‘ra klub uy libosini istalgan vaqtda almashtirib kelgan. Bu ayrim holatlarda har ikki jamoa o‘rtasida tushunmovchiliklarga hamda o‘zi uchun qadrdon stadionga jamoasi libosi bilan bir xil rangda kiyinib kelayotgan muxlislarga noqulaylik tug‘dirgan. 


Murabbiy yoki rahbariyat vaqti-vaqti bilan almashib turadi. Shundan kelib chiqib, Liga klubning personaldan ustun bo‘lishi, merch masalasida esa bir necha yillik qadriyatlar hamda ishqibozlar fikri inobatga olinishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar