Superliga. Iyun oyiga qadar bo‘lgan taqvim bilan tanishing

02.03.2025Superliga

Superliga. Iyun oyiga qadar bo‘lgan taqvim bilan tanishing

Liga musobaqaning 15-iyun sanasiga qadar bo‘lgan taqvimini ishlab chiqdi. 


3-tur bellashuvlarini rejalashtirishda Ramazon hayiti bayramining ehtimoliy sanalari inobatga olindi. Shuningdek, Paxtakor va Mash’al o‘rtasidagi ilk turning qoldirilgan bellashuvi 2-aprel sanasiga belgilandi. 


Aprel va may oyi taqvimida klublarning O‘zbekiston kubogi guruh bosqichidagi o‘yinlari ham inobatga olingan. Shuningdek, iyun oyidagi FIFA kunlaridan keyingi 13-tur sanalari ham aniqlashtirib olingan. 14 va 15-tur uchrashuvlari sanalari kubok 1/8 final bosqichi juftliklaridan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi. 


Rejaga ko‘ra, guruh bosqichi doirasidagi so‘nggi o‘yinlar 21-may kuni bo‘lib o‘tadi. 22-may kuni esa musobaqaning 1/8 final bosqichiga qur’a tashlanadi va uning natijalaridan kelib chiqib, birinchi davraning so‘nggi tur o‘yinlariga aniqlik kiritiladi. 


Hozirgacha aniq bo‘lgan taqvim bilan kalendar hamda hujjatlar bo‘limiga yuklangan fayl orqali tanishib olishingiz mumkin.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar