Superliga. Dinamo Jizzaxda kambek qayd etdi
15.06.2025Superliga

Superligada 12-tur yakunlandi. Xorazm jamoasi bu tur Jizzaxda Samarqandning Dinamo klubini qabul qildi.
So‘g‘diyona markaziy stadionida kechgan uchrashuv Vadim Abramov shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. 25-daqiqada Murodbek Bobojonov hisobni ochdi. 6 daqiqadan so‘ng Firdavs Abdurahmonov muvozanatni tikladi. 60-daqiqada esa Oybek O‘rmonjonov samarqandliklarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.