Superliga. Derbida Nasaf Sho‘rtanni mag‘lub etdi
17.08.2025Superliga

Superligada 19-tur o‘yinlari davom ettirildi. Nasaf jamoasi bu tur o‘z maydonida Sho‘rtan klubini qabul qildi.
Qarshidagi Markaziy stadionda kechgan bellashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Gollarga Sharof Muhitdinov hamda Sherzod Nasrullayev mualliflik qildi.