Superliga. Cheranning goli Nasafga Navbahor ustidan g‘alaba keltirdi
15.06.2025Superliga

Superligada 12-tur yakunlandi. Turning so‘nggi bahsi Qarshida kechdi. Nasaf jamoasi bu tur Navbahoni qabul qildi.
Markaziy stadionda kechgan bellashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Yagona gol 78-daqiqada Dragan Cheran tomonidan penaltidan kiritildi.