Superliga. Buxoro va Xorazm pley-offni safarda o‘tkazadi
21.11.2025Superliga

Superligada 29-turga kelib musobaqa jadvalida 15 hamda 14-o‘rin egalari aniqlandi. Xorazm jamoasi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar sababli mavsumni 15-o‘rinda yakunlashi oydinlashdi, Buxoro esa o‘zaro uchrashuvlarda Mash’al bilan salbiy natija qayd etgan va Superligani 14-o‘rindan yuqorida yakunlay olmaydi.

