Superliga. Buxoro — Bunyodkor o‘yini Bunyodkor stadionida bo‘lib o‘tadi

13.03.2025Superliga

Superliga. Buxoro — Bunyodkor o‘yini Bunyodkor stadionida bo‘lib o‘tadi

Buxoro shahridagi stadion mavsumga o‘z vaqtida tayyor bo‘lmagach, Buxoro klubi o‘z raqiblarini Toshkentdagi Jar stadionida qabul qilishga majbur bo‘lmoqda. 


Qayd etish kerak, Jar stadionidan, shuningdek, Paxtakor futbol klubi ham foydalanib kelmoqda. Endilikda Olimpiada—2028 yo‘lida tashkil etilgan Olimpik Mobiuz jamoasi ham Proliga o‘yinlarini Jar stadionida o‘tkazish istagini bildirdi hamda stadion bilan imzolangan shartnomani Ligaga taqdim etdi. Assotsiatsiya va Liga kelishuvi bo‘yicha, Proliga aprel oyida start olishi, Buxoro klubi esa unga qadar o‘z shahriga qaytishi lozim edi. Biroq fevralda bo‘lgani kabi, Buxorodagi stadion mart yakuniga qadar ham tayyor bo‘lmasligi oydinlashdi. 


Shundan kelib chiqib, Buxoro 4-aprel kuniga reja qilingan Superliga 4-turi doirasidagi Bunyodkor klubiga qarshi bellashuvni raqibi maydonida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar