
Superligada 5-tur o‘yinlari start oldi. Bunyodkor jamoasi bu tur o‘z maydonida Lokomotiv klubini qabul qildi.
Bunyodkor stadionida kechgan bellashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Gollarga Boburbek Yo‘ldoshev hamda Marko Bugarin mualliflik qildi.