Superliga. Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

03.09.2024Superliga

Superliga. Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Bilasiz, Liga odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy, futbolchisi hamda eng chiroyli gol muallifini aniqlab keladi.

Ortda qolgan avgust oyida Superligada 4 ta tur hamda O‘zbekiston kubogida esa chorak va yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlar davomida bir qator futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishdi.


Superliga. Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlar

Mirjalol Qosimov (OKMK) – 4 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 8:5

Sergey Lushchan (Navbahor) – 5 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 7:6

Ro‘ziqul Berdiyev (Nasaf) – 4 o‘yin, 4 g‘alaba, to‘plar farqi 7:0

Fevzi Davletov (Surxon) – 6 o‘yin, 4 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 8:4

Vadim Abramov (Dinamo) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 6:5

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan neytral shaxslar ishtirok etadi.

Superliga. Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda