Superliga. Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar
04.09.2024Superliga
Bilasiz, Liga odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy, futbolchisi hamda eng chiroyli gol muallifini aniqlab keladi.
Ortda qolgan avgust oyida Superligada 4 ta tur hamda O‘zbekiston kubogida esa chorak va yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlar davomida bir qator futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishdi.
Superliga. Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar
Sunnatulloh Hamidjonov (Surxon) – 3 o‘yin, 1 gol, 1 assist
Jambuli Jigauri (Nasaf) – 4 o‘yin, 2 gol, 1 assist
Vladimir Yovovich (So‘g‘diyona) – 5 o‘yin, 2 gol, 2 assist
Datsi Kleydi (OKMK) – 4 o‘yin, 3 gol
Jurani Ferreira (Dinamo) – 3 o‘yin, 1 gol
Abduvohid Ne’matov (Nasaf) – 4 o‘yin, 4 quruq uchrashuv
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan neytral shaxslar ishtirok etadi.