Superliga. Andijon Qarshida Nasaf bilan durang o‘ynadi
07.08.2025Superliga

Superligada 17-tur o‘yinlari davom ettirildi. Ushbu turda Nasaf o‘z uyida Andijonni qabul qildi.
Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Damir Temirov Andijonni hisobda oldinga olib chiqdi. Nasaf esa uchrashuvning 60-daqiqasida Oybek Bozorov tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv yakuniga qadar ushbu hisob o‘zgarmadi.