Superliga. Andijon o‘z maydonida Surxondan ustun keldi
23.05.2025Superliga

Superligada 11-tur bahslari start oldi. Andijon jamoasi bu tur o‘z maydonida Termizning Surxon klubini qabul qildi.
Bobur arenada kechgan bellashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Bektemir Abdumannonov hamda Doniyor Abdumannopovning gollariga mehmonlar tarkibida Doston Tursunov bir bor javob qaytardi.